Markaziy Osiyo eko-oromgohi doirasida ishtirokchilar ekologik muammolarni hal etish bo‘yicha qator tashabbuslarni ilgari surishdi
03.
10. 2023
15:29
2381
Янгиликлар

Ayni kunlarda Samarqand shahrida Markaziy Osiyo yoshlari ekologik oromgohi bo‘lib o‘tmoqda. Eko-oromgoh barqaror rivojlanish madaniyatini targ‘ib qilish hamda iqlim masalalari bo‘yicha kun tartibiga bolalar va yoshlarni jalb qilish bo‘yicha Markaziy Osiyo strategiyasini ishlab chiqishga qaratilgan.



Tadbir davomida Markaziy Osiyoning 5 ta davlatidan 60 nafar eko-faol bir qator takliflarni ilgari surishdi.

Xususan, yo‘qolgan o‘simliklarning o‘rnini qoplash, aholi, ayniqsa, yoshlarning ekologik madaniyatini yuksaltirish uchun sun’iy o‘rmonlar barpo etish zarurligi ta’kidlandi. Shu bilan birga, ekostartaplarni moliyalashtirish orqali zararli chiqindilarni kamaytirish, elektromobillar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va yoqilg‘ida harakatlanuvchi transport vositalarining katalizatorlarini yaxshilash zarurligi qayd etildi.



Bundan tashqari, atrof-muhit faollari jamoatchilik e'tiborini taniqli shaxslar yordamida ekologik muammolarga qaratishni taklif qilishdi.



Ekologik oromgoh 5 oktyabrga qadar davom etadi.

Фойдали манбалар