O‘zbekistonlik olim va tadqiqotchilar AQSHda tajriba oshirmoqda
21.
09. 2023
11:42
2403
Янгиликлар

Ayni paytda Ekologiya vazirligi tasarrufidagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi, Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti hamda Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti vakillaridan iborat delegatsiya AQSHdagi USGS markazi mutaxassislari bilan Kolorado daryosining gidrologik postida bo‘lib turishibdi.

Tashrif davomida USGS gidrologlari gidrologik ma'lumotlarni to'plashning avtomatik va qo'lda qayta ishlashning zamonaviy usullarini namoyish etdilar. 

Shuningdek, Oʻzbekiston delegatsiyasi gidrologik monitoring usullari va yondashuvlari bilan ham tanishishdi.

Ma'lumot uchun, olim va tadqiqotchilarimiz tabiiy resurslar, ekotizim va atrof-muhit muhofazasi, iqlim va yerdan foydalanish o'zgarishining ta'sirini monitoring qilish, baholash, xaritalar tuzish hamda maqsadli ilmiy tadqiqotlar olib borish bo‘yicha tajriba o‘rganmoqda. 

O‘zbekiston delegatsiyasining safari bugun yakuniga yetadi.

Фойдали манбалар