31.
08. 2023
15:36
2272
Янгиликлар
Navoiy viloyatida Qiziltepa tumani Ekologiya bo‘limi davlat inspektorlari, tuman prokuraturasi hamda IIB xodimlari hamkorligida “Ziyokor” mahallasining cho‘l hududida nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir davomida fuqaro Sh.R. o‘z boshqaruvidagi ekskavator yordamida noqonuniy ravishda qum-tosh aralashmasini kavlab olayotgani aniqlandi va to‘xtatildi.
Holat yuzasidan MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarga nisbatan 3 mln 300 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.