Xorazmda 16 ta zamonaviy chiqindi yig‘ish mashinalari topshirildi
29.
08. 2023
18:13
2065
Янгиликлар

Xorazmda chiqindi yig‘uvchi zamonaviy texnika vositalari soni oshdi.  “Urganch Аvto Eko Trans” MChJga lizing asosida 16 ta "Isuzu" chiqindi yig‘ish mashinalari topshirildi.

Bu o'z navbatida Urganch shahri va Urganch tumanida chiqindilarni olib ketish qamrovini oshiradi hamda aholiga sifatli xizmat koʼrsatishni ta'minlaydi.

Ta'kidlash joizki, Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi "Qattiq maishiy chiqindilarni barqaror boshqarish" loyihasi doirasida 300 dona "Isuzu" rusumli chiqindi yigʼuvchi maxsus texnikalar xarid qilingan. Ushbu texnikalar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi tomonidan hududlardagi sanitar korxonalariga 10 yil muddatga imtiyozli shartlar asosida lizingga berilmoqda. 

Shuningdek, maxsus texnikalar bir yillik imtiyozli davrga ega boʼlib, qoʼshimcha qiymat soligʼidan ozod etilgan. Bu oʼz oʼrnida sanitar tozalash korxonalari faoliyatini yaxshilashga, qamrov darajasini (4 mln kishiga) oshirishga hamda chiqindilarni oʼz vaqtida olib chiqib ketishga yordam beradi. 

Maʼlumot uchun, sanitar tozalash korxonalariga yengillik yaratish maqsadida ular tomonidan boshlangʼich badal shakllantirishda qiyinchilik tugʼilganda, uning oʼrniga qonunchilikda belgilangan tartibda taʼminot turlaridan biri yoki bir nechtasini taqdim etish imkoniyati ham berilmoqda. 

Qayd etish kerakki, maxsus texnikalar Yaponiyaning "Isuzu" brendi ostida Samarqand avtomobil zavodida yigʼilgan boʼlib, ularning sifat darajasi Yevropa standartlariga toʼla javob beradi hamda aholiga uzoq yillar sifatli xizmat koʼrsatishga moʼljallangan.

Hozirda chiqindi tashuvchi maxsus texnikalar Qashqadaryo, Buxoro va Xorazm viloyatlariga yetkazib berildi. Qolgan viloyatlarga topshirish ishlari ham olib borilmoqda.

Фойдали манбалар