Sergelida belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan fuqaro jarimaga tortildi
21.
08. 2023
10:46
1998
Янгиликлар

Toshkent shahri Sergeli tumanida belgilanmagan joyga chiqindi tashlash bilan bog'liq navbatdagi huquqbuzarlik sodir bo'ldi. 

Holat Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o'rnatilgan kuzatuv kameralariga muhrlandi.

Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi tomonidan holat o'rganilib, Sergeli tumani "Daryobo'yi" MFY hududida fuqaro R. S. belgilanmagan joyga qurilish chiqindilarini tashlaganligi aniqlandi. 

Holat yuzasidan MjTKning 91prim 1-moddasi 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. R. S.ga  BHMning 5 barobari — 1 million 650 ming so'm miqdorida jarima belgilandi.

Фойдали манбалар