Huquqbuzar saksovul butalarini sindirganligi uchun 33 mln 990 ming so‘m to‘laydigan bo‘ldi
17.
08. 2023
11:10
2468
Янгиликлар

Navoiy viloyati Tomdi va Uchquduq tumanlari ekologiya bo‘limlari davlat inspektorlari hamda Milliy gvardiya bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda joriy yilning 14-avgust kuni o‘tar kechasi reyd tadbiri o'tkazildi. 

Uchquduq tumani “Uzunquduq” OFY hamda Tomdi tumani “Sharq” OFYning  chegaradosh cho‘l hududida o'tkazilgan reyd davomida navbatdagi huquqbuzarlik aniqlandi. Ya'ni Buxoro viloyati Peshku tumanida yashovchi fuqaro Q.A. saksovul butalarini o‘z boshqaruvida bo‘lgan “ZIL” rusumli yuk mashinasida noqonuniy ravishda sindirib olib ketayotganligi ma'lum bo'ldi.

Holat yuzasidan fuqaroga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 million 650 ming so‘m jarima hamda 32 million 340 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar belgilandi. Q. A. jami 33 million 990 ming so'm to'laydigan bo'ldi.

Фойдали манбалар