Namanganda daraxtlar parvarishiga e'tibor qaratmagan mas'ullarga chora ko'rildi
11.
08. 2023
12:10
1751
Янгиликлар

Yangi Namangan tumani Ekologiya bo'limi xodimlari tomonidan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida korxona va tashkilotlar hududlariga ekilgan daraxt va buta ko‘chatlarini parvarishlash va agrotexnik tadbirlarining o‘z vaqtida olib borilishi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida tumanning "Ishonch" MFY hududida joylashgan "Respublika paxtaliko‘l ftiziatriya va pulmonologiya" markaziga joriy yil bahorda ekilgan manzarali daraxtlar va buta ko‘chatlari sug‘orilmaganligi, o‘z vaqtida agrotexnik tadbirlar olib borilmaganligi aniqlandi. Natijada 195 tup manzarali daraxt ko‘chatlari qurib qolgan.

Shuningdek, bu kabi holat 16-oilaviy poliklinika "Sherbuloq" filialida ham aniqlangan.

Yuqoridagi holatlar bo'yicha tashkilot mutasaddilariga MJtKning 79-modda 3-qismiga ko‘ra bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari — 3 300 000 so'm miqdorida maʼmuriy jarima qo‘llanildi.

Фойдали манбалар