Navbahor tumani Ekologiya bo'limi davlat inspektorlari tomonidan "Paxtabod" mahallasining cho'l hududida nazorat reyd tadbiri o'tkazildi.
Reyd davomida fuqaro J. U. noqonuniy ravishda qum-shag'al qazilmalarini qaziyotgan vaqtida to'xtatildi.
Holat yuzasidan MJtKning 70-moddasi 1-qismi bilan fuqaroga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
J. U. tabiatga 732 ming 500 so'm zarar yetkazganligi aniqlandi. Huquqbuzarligi uchun esa 3 mln 300 ming so'm miqdorida jarima belgilandi. Fuqaro jami 4 million 32 ming 500 so'm to'laydigan bo'ldi.