Jizzaxda noqonuniy baliq ovlash natijasida tabiatga 57 million 750 ming so'm zarar yetkazildi
31.
07. 2023
11:22
2741
Янгиликлар

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi davlat inspektorlari hamda Jizzax viloyat prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi reyd tadbiri bo'lib o'tdi.

Aydar-Arnasoy koʻllar tizimi, Tuzkon boʻlimi hududida oʻtkazilgan reyd davomida Arnasoy tumani, "Baxtli" MFY, "Navroʻz" qoʻrgʻonida yashovchi fuqaro Sh. M. tomonidan sanoatbop oʻlchamdan kichik boʻlgan jami 175 bosh oqsila (sudak) baliqlari noqonuniy ravishda ovlanganligi aniqlandi. 

Qonun buzishi natijasida hayvonot dunyosiga 57 million 750 ming soʻm zarar yetkazilganligi ma'lum bo'ldi. 

Ashyoviy dalil sifatida noqonuniy ravishda ovlangan baliq mahsulotlari hamda 1 dona “Progress” rusumli qayiq va 1 dona "YAMAHA-30" rusumli qayiq motorlari olib qo'yildi.

Ushbu holatda jinoyat alomatlari borligi sababli toʻplangan hujjatlar Jizzax viloyat prokuraturasiga yuborildi.

Фойдали манбалар