Oʻzbekistonda “yashil” energetika rivojlantirilmoqda
24.
04. 2024
14:51
779
Янгиликлар

O‘zbekistonda muqobil elektr energiyasini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli loyiha boshlanmoqda. Loyiha Navoiy viloyatida amalga oshiriladi, hozirda shamol elektr stansiyasini o‘rnatish uchun uskunalar keltirilmoqda.

Maʼlumotlarga koʻra, ushbu elektr stansiyasi ekologik nuqtai nazardan barcha talablarga javob beradi. 

Qayd etish joizki, shamol elektr stansiyalari atmosferaga zararli tashlamalar chiqarmaydi hamda qayta tiklanuvchi elektr manbai hisoblanadi. Shu bilan birga, u ekotizim va bioxilma-xillikni saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Bundan tashqari, Oʻzbekistonda shamol elektr energiyasini rivojlantirish orqali ortiqcha suv resurslaridan foydalanishning oldi olinadi. 

Ahamiyatli jihatlaridan yana biri, shamol elektr stansiyasi aholini hamyonbop elektr energiyasi bilan taʼminlashga xizmat qiladi.

Фойдали манбалар