Ekologiya vazirligi maxsus chiqindi paketlarini xarid qilish bo‘yicha tijorat takliflarini qabul qiladi!
11.
03. 2024
11:00
2321
Янгиликлар

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi tadbirkorlardan maxsus chiqindi paketlarini xarid qilish bo‘yicha tijorat takliflarini qabul qiladi.

Xarid qilinadigan paketlarga qo‘yiladigan talablar:

1. Paketlar mikroorganizmlar ishtirokida bioparchalanish xususiyatiga ega bo‘lishi kerak yoki tarkibida kraxmal bo‘lgan organik chiruvchi mahsulotlardan ishlab chiqarilgan bo’lishi kerak. 

2. Paketlardan chiqindilarni saralab yig‘ishda foydalaniladi. 

3. Paketlarning har biri ixcham shaklda yig‘ilgan, taxlangan, bir-biriga ketma-ket ulangan, o‘ralgan rulon holatida ishlab chiqarilgan bo‘lishi lozim.

4. Paketlarning rangi:

— shaffof, rangsiz;
— qora;
— jigarrang.

5. Paketlarning sig‘imi, o‘lchami, yuk ko‘taruvchanligi va qalinligi:

— jigarrang: eni — 55 sm, bo‘yi — 65 sm, sig‘imi — 20-25 l va qalinligi 40 mikron — 60 ming dona;

— shaffof rangsiz: — eni – 60 sm, bo‘yi – 90 sm, sig‘imi – 40-45 l, qalinligi 60 mikron – 30 ming dona hamda eni – 55 sm, bo‘yi – 65 sm, sig‘imi – 20-25 l, qalinligi – 40 mikron – 30 ming dona;

— qora rangli: eni — 60 sm, bo‘yi – 90 sm, sig‘imi – 40-45 l, qalinligi – 60 mikron – 30 ming dona hamda eni – 55 sm, bo‘yi – 65 sm, sig‘imi – 20-25 l, qalinligi – 40 mikron – 30 ming dona.

6. Paketlarning dizayni quyidagicha bo‘lishi kerak:

Tijorat takliflari 14-mart 11:00 gacha qabul qilinadi. Takliflarni vazirlikning info@eco.gov.uz elektron pochtasi orqali yuboring yoki +998(71) 270-07-70 (9991) raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, yetkazishingiz mumkin.

Фойдали манбалар