4-5 iyun 2020 – Facebook Challenge «Tabiat uchun» – #WorldEnvironmentDay
05.
06. 2020
12:33
4810
Yangiliklar

Har yili 5 iyun kuni nishonlanadigan atrof muhit kuni ekologik taqvimdagi eng asosiy sanalardan biri hisoblanadi. Mazkur kun munosabati bilan Davlat ekologiya qo‘mitasi hamda BMT Taraqqiyot dasturi hamkorlikda «Tabiat uchun» Facebook Challenge tashkil etmoqda.

Atrof muhitga befarq bo‘lmagan fuqarolarni mazkur chellendjda faol ishtirok etishga taklif etamiz!

Buning uchun davomiyligi 30-40 sekund bo‘lgan videoni tasvirga olib, #WorldEnvironmentDay xeshtegi ostida Facebook ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirish zarur bo‘ladi.

Kreativ rolik muallifiga tashkilotchilar tomonidan sovg‘alar taqdim etiladi.

 

Video – http://eco.gov.uz/uz/gallery/videoview?id=73

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar