Buxoro viloyat: GPS-monitoring kuzatuv markazi tashkil qilindi
16.
09. 2019
12:49
5672
Yangiliklar

Buxoro viloyatida sanitar tozalash xizmatlari sifati hamda qamrovini oshirish maqsadida  Buxoro viloyatidagi Sanitar tozalashga ixtisoslashgan korxonasi, ya’ni «Buxoro viloyati Toza Hudud» DUKda maxsus chiqindi tashuvchi avtotransport vositalarini onlayn GPS-monitoring kuzatuv markazi tashkil qilindi.

Buxoro viloyati boshqarma qoshida tashkil etilgan «Sanitar tozalash markazi» tomonidan «Toza Hudud» maxsus chiqindi tashuvchi avtotransport vositalarini onlayn nazorat qilish uchun GPS kuzatuv monitoring xonalari tashkil etilib, maxsus jihozlar bilan ta’minlandi.
Bugungi kunda, «Toza Hudud» DUK va uning 11 ta tuman filiallarida jami 109 ta maxsus chiqindi tashuvchi avtotransport vositalari mavjud bo‘lib, tumanlarda qamrab olingan mahalla fuqarolar yig‘inlarida ko‘rsatilayotgan sanitar tozalash xizmati tasdiqlangan «Yo‘nalish jadvali» asosida olib boriladi. Hududlarda olib borilgan sanitar tozalash xizmatlarining shaffoligini ta’minlash uchun 109 ta avtotrasport vositalariga GPS kuzatuv moslamalari o‘rnatildi.

GPS kuzatuv markazi xodimlari har kuni maxsus texnikalar yo‘nalish jadvali asosida xizmat ko‘rsatilayotganligini to‘g‘ridan to‘g‘ri kuzatib, maxsus texnikalarning haydovchilari bilan doimiy muloqotda bo‘lishi ta’minlanmoqda.


Buxoro viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar