Jizzax viloyat: Huquqbuzarlik uchun jarimaga tortildi
14.
08. 2019
19:33
5525
Yangiliklar

Jizzax viloyati Ekologiya va atror-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining  ekologik nazorat inspektsiyasi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi ekologik reyd davomida Baxmal tumanining «Bog‘ishamol» QFY hududida yashovchi fuqaro Gulnora Kenjaevaning o‘z uyidan chiqqan qurilish chiqindilarini ochiq havoda alanga oldirib yoqib yuborayotganligini aniqladi.

Huquqbuzarlik holatini sodir etganligi uchun fuqaro G.Kenjaeva O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 88-moddasi, qismi asosan 111,5 ming so‘m miqdorda jarimaga tortildi.

Shuningdek, mazkur reyd davomida Forish tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Aroqulov Elyor To‘lqin o‘g‘li ruxsat etilmagan joydan tuproq qazib, yuk mashinasiga ortib ketayotganligi aniqlandi.

Sodir etilgan huquqbuzarlik uchun fuqaro E.Aroqulovga nisbatan  O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 70-moddasi, 1 qismiga asosan 2 mln. 230 ming so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.

Foydali manbalar