Rasmiy munosabat!
03.
06. 2024
18:12
1199
Янгиликлар

Masʼul davlat tashkilotlarining ishonch telefonlari qoniqarli darajada ishlamasligi, “Zoʻr TV” telekanalining muxbiri buni tekshirib koʻrish uchun Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining, Sogʻliqni saqlash vazirligining ishonch telefonlariga qoʻngʻiroq qilganda ushbu tashkilotlarga bogʻlanishning imkoni boʻlmagani tanqid qilingan.

Ekologiya vazirligi bu holat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:

Ayni damda vazirlikning (71) 207-11-07, (71) 207-11-08 raqamlari hamda 1157 va 1207 qisqa raqamlari doimiy ishlab turibdi. Shuningdek, @ecogovuz_bot telegram boti orqali ham murojaatlarni yo‘llashingiz mumkin.

Фойдали манбалар