Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Mirzacho‘l tumanidagi "Mirzacho‘l Agroklaster group" MCHJga qarashli paxta tozalash zavodidan atmosfera havosiga chang chiqayotganligi haqida xabarlar tarqaldi. Holat Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida viloyat Ekologiya boshqarmasi tomonidan mazkur tadbirkorlik subyektiga mavjud muammolarni bartaraf etish bo’yicha 2024-yil 26-yanvar kuni 03/17-6-sonli, 30-yanvar kuni 03/17-9-sonli va 29-mart kuni 01/17-24-sonli ogohlantirish xatlari berilganligi ma’lum bo’ldi.
Shuningdek, MCHJ rahbari N.S.ga nisbatan Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodekning 197prim 6-moddasida ko‘rsatilgan huquqbuzarlik uchun ma’muriy bayonnoma tuzilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzacho‘l tuman sudiga yuborilgan.
Sudning 3-1310-2401/36-sonli qaroriga asosan korxona rahbariga BHMning 3 barobari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan.