Diqqat, e'lon! “Chimyon” xalqaro umummavsumiy kurortini qurish loyihasi doirasida yetkazib beriladigan uskunalarni yuklashdan oldin inspeksiyadan o‘tkazish to‘g‘risida
14.
02. 2024
11:57
2097
Тендер

Diqqat, e'lon! “Chimyon” xalqaro umummavsumiy kurortini qurish loyihasi doirasida yetkazib beriladigan uskunalarni yuklashdan oldin inspeksiyadan o‘tkazish to‘g‘risida

“Beldirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortni qurish va ekspluatatsiya qilish bo‘yicha loyiha ofisi” Davlat muassasasi (keyingi o‘rinlarda – Loyiha ofisi) manfaatdor shaxslarni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida “Chimyon” xalqaro umummavsumiy qurortni qurish loyihasini (keyingi o‘rinlarda – Loyiha) amalga oshirish doirasida yetkazib beriladigan uskunalarni yuklashdan oldin inspeksiyadan o‘tkazadigan kompaniyani aniqlash bo‘yicha etender.uzex.uz platformasida e’lon qilingan “eng yaxshi takliflarni tanlash” tanlovida ishtirok etishga taklif qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 17-sentabrdagi 559-sonli qarorida belgilangan talablarga muvofiq Loyiha ofisi tomonidan Loyihani amalga oshirish doirasida pudrat tashkiloti bilan imzolangan shartnoma (tayyor holda topshirish) bo‘yicha yetkazib beriladigan uskunalarni yuklashdan oldin inspeksiyani amalga oshirish uchun manfaatdor kompaniyalar jalb qilinmoqda.

Tanlov shartlari bilan tanishishingiz uchun (https://etender.uzex.uz/lot/342540).

Eslatib o'tamiz, Loyiha doirasida dam oluvchilarni 2 515 metr balandlikka ko‘tariladigan gondol tipidagi 10 kishilik oraliq osma yo‘li (maksimal quvvati – 2 014 kishi/soat) va 3309 metr balandlikka chiqadigan mayatnik tipidagi 80 kishilik asosiy osma yo‘li (maksimal sig‘imi - 850 kishi/soat) quriladi. Kurort bunday inshootlarga ega bo‘lgan Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi eng baland nuqtaga aylanadi. Shuningdek, unda XXL Zip line, Alpine coaster, Adventure tower, Tubing, Via ferrata kabi 20 dan ortiq turdagi qishki va yozgi attraksionlar tashkil etiladi, umumiy uzunligi 20 km dan ortiq bo‘lgan turli darajadagi 11 ta chang‘i uchish joylari, 6 000 nafar turistga mo‘ljallangan mehmonxona majmualari va kottejlar quriladi.

Фойдали манбалар