Davlat dasturi muhokamasida faol qatnashing!
05.
02. 2024
19:19
2096
Янгиликлар

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash” yilida amalga oshirish boʻyicha davlat dasturi va uni tasdiqlash toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihalari keng jamoatchilik muhokamasi uchun eʼlon qilindi. 

Loyihada ekologiyani yaxshilashga qaratilgan quyidagi qator takliflar ilgari surilgan: 

— 2024-yil 1-martdan boshlab hududlarda chang boʻroni sodir boʻlayotganda va havo tarkibida mayda dispers zarrachalari normadan yuqori boʻlsa, aholini zarur profilaktik choralar toʻgʻrisida xabardor qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyish;
— 500 va undan ortiq kv.m qurilish maydonida, unga kirib-chiqish yoʻllarida chang va qum zarrachalarining havoga koʻtarilishini bartaraf etish boʻyicha majburiy talablar joriy etish; 
— Toshkent shahrida yuk tashish uchun moʻljallangan, ruxsat etilgan toʻla vazni 10 tonnadan yuqori boʻlgan N2, N3, O4 toifali avtotransport vositalarining harakatini tigʻiz vaqtlarda taqiqlash; 
— 2030-yilga qadar Toshkent va Nukus shaharlari, viloyatlar markazlarida “YEVRO – 5” va undan yuqori standartlariga mos boʻlmagan avtomashinalar ekspluatatsiyasi bosqichma-bosqich cheklanadi; 
— Toshkent shahrida oyning bir ish kunida “Avtomobilsiz kun” loyihasi amalga oshiriladi. Bunda binosi Toshkent shahrida joylashgan barcha respublika va hududiy ijro etuvchi organlarning barcha xodimlari jamoat transportida ish joyiga kelishadi. 

Loyihalar joriy yilning 9-fevral kuniga qadar keng jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan oʻtkaziladi. 

Loyihaning toʻliq matni bilan www.uzbekistan2030.uz veb-sayti orqali tanishing va oʻz fikringizni bildiring!

Фойдали манбалар