Samarqandda kuzatuv kameralari yordamida 80 dan ortiq huquqbuzarlik aniqlandi
25.
01. 2024
17:03
1837
Янгиликлар

15–24-yanvar kunlari Samarqandda Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan oʻrnatilgan onlayn kuzatuv kameralari yordamida 80 dan ortiq huquqbuzarlik aniqlandi.

56 ta holatda belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan fuqarolarga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ularning har biriga 1 mln 20 ming soʻm miqdorida jarimalar belgilandi.

"Bu kameralarning yuqori qismi 180 daraja, past qismi esa 360 darajani tasvirga oladi, — dedi Ekologiya vazirligi bosh mutaxassisi Hikmatulla Abdullayev. — Shuningdek, 1 km masofagacha shaxsni aniqlash imkoniyati bor. 3 kmgacha harakat tizimini ko‘rsatib bera oladi.  Mazkur kameralar doimiy nazorat qilib boriladi".

Ma'lumot uchun, ayni damda Samarqand viloyatida onlayn kameralar o‘rnatish davom etmoqda. Dastlab aholi gavjum, chiqindi ko‘p tashlanadigan 25 ta hududda maxsus kuzatuv kameralari qo‘yiladi. Shuningdek, 2024-yilda butun viloyat bo‘ylab kuzatuv kameralaridan jami 100 ta o‘rnatish rejalashtirilgan.

Фойдали манбалар