Samarqandda ham onlayn kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda
17.
01. 2024
11:47
1173
Янгиликлар

Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan Samarqand viloyatida chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlashning oldini olish maqsadida onlayn kuzatuv kameralari o‘rnatilmoqda.

Dastlab Samarqand shahrining ko‘p aholi yashaydigan va chiqindilar tashlanadigan hududlarida 25 ta kuzatuv kameralari qo‘yiladi. Butun viloyat bo‘yicha jami 100 ta kamera o‘rnatish rejalashtirilgan. 

Endi belgilanmagan joylarga chiqindi tashlagan fuqarolar va avtomashinalar ro‘yxati shakllantirilib, viloyat IIB boshqarmasi maʼlumotlar bazasidan avtomashina egalari to‘g‘risidagi maʼlumotlar, ularning manzillari olinadi. Keyin esa viloyat Ekologiya boshqarmasi hududiy inspektorlari fuqarolarning yashash xonadonlariga borib, huquqbuzarliklari haqida xabar berishadi. Ularning xatti-harakati belgilangan tartiblarga zid ekanligi, atrof-muhitga zarar keltirishi tushuntirilib, maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtiriladi va tegishli jazo choralari qo‘llaniladi.

Ma'lumot uchun, ayni damda Toshkent shahri, Toshkent viloyati, Namangan, Andijon, Sirdaryo va Surxondaryo viloyatlarida onlayn kameralar o‘rnatilgan. Bu kameralar faoliyati doimiy kuzatib boriladi. Kameralar nafaqat belgilanmagan joyga chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlash va o‘z vaqtida chora ko‘rish imkonini beradi.

Фойдали манбалар