Toshkentda yuqori qavatdan chiqindi tashlagan huquqbuzarga jarima belgilandi
16.
01. 2024
15:47
2273
Янгиликлар

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri, Yashnobod tumanidagi qurilish obyektlaridan birining yuqori qavatidan pastga chiqindi tashlangani aks etgan video tarqaldi.

Holat Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi tomonidan o‘rganildi. O‘rganish natijasiga ko‘ra mazkur huquqbuzarlik fuqaro I. K. tomonidan sodir etilganligi aniqlandi. 

Huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. I. K. BHMning 5 barobari — 1 million 700 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Фойдали манбалар