Italiyalik doktorning dolzarb ekologik masalalarga bag‘ishlangan ma'ruzasiga qo‘shiling!
16.
01. 2024
14:48
1304
Янгиликлар

Siz ekologiya sohasiga qiziqasizmi? Xalqaro munosabatlar, global boshqaruv va iqlim o'zgarishi o'rtasidagi munosabatlarni chuqurroq o'rganmoqchimisiz? Biz siz uchun oltin imkoniyatni taqdim etamiz!

Xalqaro munosabatlar maestrosi, italiyalik doktor Filippo Kosta Buranelli bilan bo'ladigan ommaviy ma'ruzaga qo'shiling.

Uchrashuv davomida Doktor Buranelli global boshqaruv nuqtai nazaridan ekologiya (inson faoliyatining Yer va uning ekotizimiga ta'sirini kamaytirishga qaratilgan harakat va mafkura) haqida gapiradi va Markaziy Osiyoda global hamda mintaqaviy holatlar kontekstida Ekologiya instituti missiyasini amalga oshirish uchun  qanday qadamlar tashlanayotganini tushuntiradi.

Ma'lumot uchun, Doktor Filippo Kosta Buranelli Buyuk Britaniyadagi eng nufuzli uchta universitetdan biri bo'lgan Sent-Endryus universitetining xalqaro munosabatlar bo'yicha katta o'qituvchisi hisoblanadi. Xalqaro munosabatlar, Yevroosiyo siyosati va qiyosiy mintaqaviylik sohasidagi katta tadqiqot tajribasiga tayangan holda, uning ishlari bir qancha jurnallarda, jumladan, Oksford tadqiqot  xalqaro munosabatlar ensiklopediyasida chop etilgan.

Hozirda Doktor Buranelli Edinburg qirollik jamiyati tomonidan moliyalashtirilgan Markaziy Osiyo mintaqasining shakllanishiga bag‘ishlangan kitob loyihasi ustida ishlamoqda.

— Sana: 2024-yil 17-yanvar
— Vaqt: 18:00
— Joy: "Impulse Event Zone" (MFaktor)
— Ingliz tilida

 

Qatnashish bepul va barcha, ayniqsa, talabalar uchun ochiq.

Uchrashuvda ishtirok etish uchun https://forms.gle/DMLCraHrTVuEnMXo7 sahifasida roʻyxatdan oʻting.

Фойдали манбалар