Toshkent hayvonot bog‘ida yovvoyi hayvonlarga qanday munosabatda bo‘lish bo‘yicha seminar o‘tkazilmoqda
16.
01. 2024
10:39
1794
Янгиликлар

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan Toshkent hayvonot bog‘ida o‘quv seminari o‘tkazilmoqda. 

Seminarda viloyatlar atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari vakillari, qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar xodimlariga favqulodda vaziyatlar sodir bo'lganda yovvoyi hayvonlarni shikast yetkazmasdan zararsizlantirish, tabiiy yashash joyiga qo'yib yuborish, bunda pnevmatik inyeksiya qurollari va tegishli atributlardan foydalanish o‘rgatilmoqda.

Maqsad Qizil kitobga kiritilgan, ma'lum sabablarga ko‘ra aholi yashash punktlariga (tog‘ va o‘rmon yaqinidagi qishloqlar) kelib qolgan yovvoyi yirtqich hayvonlarga shikast yetkazish yoki o‘ldirishning oldini olishdir. 

Seminar 19-yanvargacha davom etadi.

Фойдали манбалар