Oqqushning hayoti saqlab qolindi
19.
12. 2023
12:13
1358
Янгиликлар

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasiga Peshku tumani "Jongeldi" mahallasida yashovchi O.A. yaralangan oqqush haqida xabar berdi.

Voqea joyiga borgan inspektorlar oqqushning o‘ng qanoti shikastlangani va shu sababli uchib keta olmasligini aniqlashdi. Oqqush Buxoro hayvonot bog‘ining veterinariya bo‘limiga olib borilib, unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Qush sog'lig'i yaxshilangach, tabiatga qo'yib yuboriladi.

Фойдали манбалар