Rasmiy munosabat!
14.
12. 2023
11:25
1113
Янгиликлар

Ijtimoiy tarmoqlarda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining quyi tizimi – shahar-tuman boʻlimlarining “Ekofond” dasturiga biriktirilgan xodimlariga 12 oylik ustama haq toʻlanmay kelinayotganligi haqida xabar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan shuni maʼlum qilamizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-269-son qarori bilan vazirlik qayta tashkil etilib, 2022-yil 31-maydagi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” PQ–171-son qarori bilan vazirlik faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari belgilab olindi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining 2023-yil 7-iyuldagi 183/1-sonli buyrugʻi bilan vazirlik markaziy apparati va tizim tashkilotlari xodimlari mehnatiga haq toʻlashning yangi mexanizmlari joriy qilindi. Hozirgi kunga qadar ushbu buyruq bilan tasdiqlangan Nizom asosida hududiy boʻlinmalar xodimlariga qoʻshimcha moddiy ragʻbatlantirish, ustamalar, mukofot, ish haqi va boshqa toʻlovlar berib kelinmoqda.

Shuningdek, xodimlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2023-yil davomida qonunchilikda belgilangan bayram kunlari va boshqa muhim sanalarda qoʻshimcha mukofot pullari berib borilmoqda.

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, sobiq Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining “Tuman (shahar) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimlariga kompensatsiya toʻlovlari boʻyicha masʼul xodimlarni biriktirish toʻgʻrisida”gi 2022-yil 9-martdagi 86-son buyrugʻi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirining “Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligida davlat ekologiya nazoratini amalga oshirishda bevosita ishtirok etuvchi xodimlar mehnatini ragʻbatlantirish, shuningdek, jismoniy shaxslar, jamoatchilik ekologiya nazoratchilari hamda “Eng yaxshi inspektor”, “Eng faol jamoa”, “Eng namunali hudud” nominatsiyalari gʻoliblarini mukofotlash toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi 2023-yil 17-noyabrdagi 371-son buyrugʻi bilan bekor qilingan.

Фойдали манбалар