9-noyabr kuni Toshkentda "Bolalar va yoshlar harakatda — Markaziy Osiyoda iqlim o‘zgarishi" xalqaro forumi o‘tkaziladi.
Tadbir "Zamin" xalqaro jamoat fondi tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi hamkorligida Butunjahon bolalar kuni va BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konvensiya ishtirokchilari konferensiyasi (COP-28) munosabati bilan tashkil etiladi.
Forumdan maqsad bolalar va yoshlarning iqlim o‘zgarishi salbiy oqibatlariga qarshi kurashishdagi o‘rnini ekologik ta’limni ilgari surish orqali e’tirof etishdir.
Ma'lumot uchun, joriy yilning 1-5 oktabr kunlari Samarqand shahrida COP-28ga bag‘ishlangan Markaziy Osiyo yoshlar ekologik oromgohi tashkil etilgandi. COP-28 — Iqlim oʻzgarishi boʻyicha konvensiya ishtirokchilari konferensiyasi 30-noyabr - 12-dekabr kunlari Birlashgan Arab Amirliklarida bo'lib o'tadi.
Xalqaro forumni quyidagi havola orqali jonli efirda tomosha qilishingiz mumkin: