“Dendropark"dagi qoidabuzarliklar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan
25.
10. 2023
13:25
1790
Янгиликлар

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Bosh prokuratura va boshqa mutasaddi davlat idoralari bilan hamkorlikda Toshkent tumanida joylashgan Oʻrmon xoʻjaligi agentligi huzuridagi  “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi (Dendropark) yer maydoni hududida oʻsimliklar dunyosi muhofazasi va oʻrmon fondi yerlaridan foydalanish holati oʻrganilgan.

Oʻrganish jarayonida “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi hududida daraxtlarni nobud qilish, yer ajratish va undan foydalanish qoidalarini buzish bilan bogʻliq koʻplab holatlar aniqlandi. 

Aniqlangan holatlar yuzasidan Bosh prokuratura tomonidan Jinoyat kodeksining 198-(ekinzorlarni, oʻrmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa oʻsimliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) va 205-(hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. 

Ayni damda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Фойдали манбалар