Turkiya tajribasidan kelib chiqqan holda obodonlashtirish va landshaft arxitekturasi bo‘yicha ish rejasi muhokama qilindi
25.
10. 2023
09:51
2663
Янгиликлар

Joriy yilning 23-oktabr kuni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov Turkiyaning “Minvall Construction”, “ISHIK Peyzaj” va “Meta Peyzaj Planning” landshaft arxitektura kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda landshaft arxitekturasi sohasida dasturiy ta’minot va tizim integratori hamda obodonlashtirish sohasi korporativ sektori, dasturni amalga oshirish uchun mutaxassislarni jalb etish va loyihalarni muvofiqlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida yangi ishlab chiqarish tarmoqlarini shakllantirish, shuningdek, “Yashil makon” milliy dasturini amalga oshirishga oid ma’lumotlar taqdim etildi. Xususan, shahar va aholi punktlarini ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha ish rejasi ko‘rib chiqilib, 2030-yilgacha “yashil” iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha qabul qilingan strategiyaning muhim jihatlari, samarali va ekologik toza iqtisodiyotni ta’minlashda o‘zaro bog‘liq muammolar va ehtiyojlar mavjudligi qayd etildi.

Qolaversa, yirik shaharlar, shaharchalar va boshqa aholi punktlari bo‘ylab yashil bog‘lar, yashil belbog‘lar, yashil hududlarni muhofaza qilish muhimligi, mahalliy tadbirkorlar uchun ham, xorijiy investorlar uchun ham yashil hududlar yaratish tashabbusi alohida ta’kidlandi.

Qayd etish joizki, Aziz Abduhakimov turk kompaniyalari tomonidan amalga oshirilayotgan bog‘lar va daraxtzorlarni obodonlashtirish bo‘yicha loyihalarni ijobiy baholab, ekologik toza zonalar yaratish bo‘yicha bir qancha obyektlar bilan tanishishni taklif qildi.

Ma’lumot uchun, "Minvall Construction", "ISHIK Peyzaj" va "Meta Peyzaj Planning" zamonaviy arxitektura, shahar dizayni va landshaft arxitekturasi sohasidagi turk innovatsion kompaniyalari bo‘lib, shuningdek, turar-joy maydonlari qurish bilan shug‘ullanadi.

Фойдали манбалар