"Yashil makon": Surxondaryoda daraxt ko'chatlarini to'g'ri tanlash va parvarishlar to'g'risida kerakli tavsiyalar berildi
15.
10. 2023
12:18
2002
Янгиликлар

Surxondaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi hamda viloyat hokimligi hamkorligida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko‘rgazmali seminar bo‘lib o‘tdi. 

Ma'lumot uchun, joriy yilning 11-oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida 25-oktabrdan 1-dekabrgacha "kuzgi daraxt ekish mavsumi" e'lon qilindi. Mavsumda 85 million tup ko'chat ekilishi belgilanib, har bir mahallaga 200 tadan ko'chat bepul yetkazib berilishi ta'kidlandi. 

Yosh eko-faollar, nuroniylar, jamoat vakillari hamda OAV vakillari ishtirok etgan seminarda "Yashil makon" loyihasiga tayyorgarlik borasida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.  Shuningdek, mutaxassislar tomonidan har bir hudud iqlimiga mos daraxt hamda buta ko‘chatlari turlarini tanlash va ekish, to‘g‘ri parvarishlash yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi. 

Bundan tashqari, Surxon vohasining iqlimiga mos va xos bo’lgan mevali va manzarali daraxtlar yarmarkasi  tashkil etildi.

Ma'lumot uchun, yurtimizda "Yashil makon" umummilliy harakati boshlanganiga 2 yil boʻldi. Shu davrda 1 ming 200 gektardan ortiq yashil bogʻ va jamoat parklari, 1 million gektardan ziyod yashil hudud va qoplamalar barpo etildi.

Фойдали манбалар