Rasmiy munosabat! Ekologiya vazirligi va Fanlar akademiyasi tomonidan Botanika bogʼining ilmiy salohiyatini yanada oshirishga doir loyiha kiritilgan
10.
10. 2023
20:07
3227
Янгиликлар

Ommaviy axborot vositalarida Toshkentning Yunusobod tumanida joylashgan Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi Toshkent Botanika bogʼining Toshkent shahar hokimligi balansiga oʼtkazish borasida bir nechta boshqarmalar, jumladan, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi vazirligi bilan kelishilgani haqida xabarlar tarqaldi.

Taʼkidlash joizki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi «Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʼzgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi qaroriga muvofiq, Ekologiya vazirligi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda «Аkademik F.Rusanov nomidagi Botanika bogʼi faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan, ilmiy salohiyatini kuchaytirish, moddiy-texnik bazasini yaxshilash, hududlarda ularning tajribasini qoʼllash va filiallarini tashkil etish» boʼyicha qaror loyihasini kiritgan. 

Loyihada Botanika bogʼining mavjud oʼsimlik turlari tarkibini boyitish, sunʼiy yaratilgan sharoitlarda yetishtiriladigan yovvoyi holda oʼsuvchi hamda chet el floralariga mansub introdutsent oʼsimliklar turlarini koʼpaytirish, mintaqaning tabiiy-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda turli sohalarda foydalanish uchun tajriba hamda realizatsiya qilish koʼchatxonalarini tashkil etish, Oʼzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan, noyob va yoʼqolib borayotgan Oʼzbekiston florasi turlarini saqlash va tabiiy sharoitga reintroduktsiya qilish, mahalliy va iqlimlashtirilgan dorivor oʼsimliklar genofondini saqlash va boyitib borish koʼzda tutilgan.

Qaror loyihasi 2023-yil sentabr oyida ishlab chiqilgan va hozirda boshqa tashkilotlar bilan kelishish bosqichida.

Maʼlumot uchun, Toshkent Botanika bogʼiga fundamental va amaliy tadqiqotlarga ixtisoslashtirilgan ilmiy-tadqiqot muassasasi sifatida 1943-yilda asos solingan. Umumiy maydoni 66 gektardan iborat boʼlgan bogʼda turli mintaqalardan jamlangan 2400 dan ortiq oʼsimlik turlari va navlari oʼstirilmoqda. Mavjud ilmiy kollektsiyalarning salmogʼiga koʼra Markaziy Osiyoda yetakchilik qiladi. 

Botanika bogʼi 118 ta davlatdagi 800 ta botanika bogʼlari bilan ish olib boruvchi hamda oʼsimliklarni saqlab qolish boʼyicha oʼzaro hamkorlikni taʼminlovchi dunyodagi eng nufuzli Xalqaro Botanika bogʼlarini himoya qilish (BGCI, London) tashkilotiga aʼzodir. 

Qolaversa, Botanika bogʼi bioxilma-xillikni saqlash, ekologiya boʼyicha bilim va koʼnikmalarni shakllantirish, manzarali, qimmatbaho, dorivor oʼsimliklar, daraxt va butalarni introduktsiyalash va yetishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish yoʼnalishlarida tadqiqotlar olib boruvchi yetakchi ilmiy akademik tashkilot hisoblanadi.

Oʼzbekiston Respublikasi “Oʼsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʼgʼrisida”gi Qonunining 18-moddasiga koʼra botanika bogʼlari oʼsimlik dunyosini va uning genetik fondini saqlab qolish, kamyob va yoʼqolib ketish xavfi ostida turgan yovvoyi holda oʼsuvchi oʼsimliklarning turlarini sunʼiy yaratilgan sharoitlarda oʼrganish, iqlimga moslash va takror koʼpaytirish, ilmiy, oʼquv hamda taʼlim ishlarini olib borish, oʼsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish boʼyicha bilimlarni targʼib qilish maqsadida tashkil etiladi.

Botanika bogʼida Oʼzbekiston tabiiy florasiga mansub oʼsimliklar genofondi saqlanmoqda. Ushbu genofond orqali mamlakat boʼylab Oʼzbekiston florasida hozirgi kunda mavjud boʼlmagan oʼsimlik turlarini yetishtirish va oʼstirish imkoniyati mavjud. 

Ushbu noyob ilmiy maskanning tasarrufdan chiqarib, boshqa vazirlik yoki idoraga berilishi mamlakatimizda botanika sohasidagi fundamental tadqiqotlarning jiddiy susayishiga hamda mintaqadagi ilmiy pozitsiyaning kuchsizlantirilishiga olib keladi. 

Yuqoridagilarni inobatga olib, shuningdek, oʼsimlik turlarini saqlash va muhofaza qilish, kamyob va yoʼqolib ketish xavfi ostida turgan oʼsimlik turlari, dorivor va manzarali, texnik jihatdan ahamiyatli oʼsimlik turlarining populyatsiyalariga zarar yetkazmaslik hamda ularning degradatsiyasining oldini olish maqsadida

Фойдали манбалар