Bug‘u kuni
10.
10. 2023
12:01
1717
Тадбирлар

Shunday bir afsona bor: bir kuni Apollon ardoqlagan go‘zal yigit Kiparis o‘z do‘sti –olijanob bug‘uni tasodifan yaralab o‘ldirib qo‘yadi. Yuz bergan voqeadan Kiparis shu darajada kuchli iztirobga tushadiki, oxiri u o‘z do‘stiga umrbod aza tutish uchun olimpiya xudolaridan o‘zini qayg‘u daraxtiga aylantirishni iltimos qiladi… Qadim zamonlarda, Sharqda bug‘uni ko‘rgan suvoriy otdan tushib, unga yo‘l bo‘shatar ekan. Bu olijanob bug‘uni “Xangul” yoki buxoro bug‘usi deb atashadi. Xangul shoxlarining uzunligi 125 sm ga yetadi va 14 tagacha tarmoqqa ega bo‘ladi. Ajoyib shoxlari uchun uni «Qirol guli» deb ham atashadi.

Butun dunyoda atigi 1400 ga yaqin bug‘u saqlanib qolgan. 1981-82 yillarda Baday-to‘g‘ay qo‘riqxonasiga 24 bug‘u keltirilgan edi. Bugungi kunda qo‘riqxonada va qo‘shni to‘qayzorlarda 582 bug‘u, ya’ni jahondagi barcha bug‘ularning uchdan bir qismi yashaydi. Zarafshon qo‘riqxonasida ham bir necha o‘n bug‘ular saqlanib qolgan. Xangul Tojikistondagi «Yo‘lbars darasi»da ham uchraydi. Shuning u jahonning ko‘pgina hayonot bog‘larida saqlangan.

16 avgust – Uysiz hayvonlar xalqaro kuni.

Bu kun xalqaro taqvimga AQSH Hayvonlar huquqlari xalqaro jamiyati (ISAR) taklifiga binoan kiritilgan. Hayvonlarni muhofaza qilish – hayvonlarni saqlash va ular bilan muomalada bo‘lishni yaxshilashga, hayvonlar bilan shafqatsiz muomalada bo‘lishning oldini olishga qaratilgan faoliyat.

Toshkent viloyatida «Ezgulik va mehr-muruvvat» NNT uysiz hayvonlar uchun parvarishxona ochdi. «Kichik ukalarimiz»ga bo‘lgan bunday yaxshi munosabatni fuqarolarimiz madaniy va moddiy darajasining yuksalishi, ularda mehr-muruvvat tuyg‘ularining kuchayishi natijasi sifatida tushuntirish mumkin. Afsuski, mamlakatimizda hayvonlarni shafqatsiz muomaladan himoya qilish to‘g‘risida Qonun hozircha mavjud emas, umuman olganda, hayvonlar bilan shafqatsiz muomalada bo‘lganlik uchun ma’muriy javobgarlik ham yo‘q. Ammo bu hozircha, vaqti kelib bunday qonun qabul qilinadi va javobgarlik o‘rnatiladi.

16 sentyabr – Ozon qatlamini muhofaza qilish xalqaro kuni.

Bu kun barcha mamlakatlarda ozon qatlamini muhofaza qilish, uni hozirgi va kelajak avlodlar uchun asrashning muhim ahamiyati haqida jamoatchilikning xabardorlik darajasini yaxshilashga qaratilgan qiziqarli tadbirlar o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi 1993 yildan boshlab Monreal protokoli Tomoni hisoblanadi va unga rioya etish tartibiga amal qiladi. Hozirgi vaqtda respublikamizda ozon qatlamini buzuvchi moddalarning 99,9% muomaladan chiqarilgan.

Фойдали манбалар