Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida yarim tonna chiqindi yig‘ildi
27.
09. 2023
11:01
1980
Янгиликлар

24-sentabr kuni Toshkent viloyatida “Green” Eco Games va "UzPlogging" tadbirlari bo‘lib o‘tdi. 

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan "ProRun" yugurish maktabi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda 230 dan ortiq ishtirokchi, jumladan, ekologiya faollari, vazirlik va idoralar, xususiy korxonalar, ommaviy axborot vositalari va blogerlar qatnashdi.

Plogging davomida ishtirokchilar 500 kg aralash chiqindi yig‘ishdi va yon-atrofni plastik, shisha va boshqa chiqindilardan tozalashdi.

“Bunday tadbirlar nafaqat tabiatga, balki jamiyatga ham foydali. Biz insonlar muhim maqsad uchun birlashganini ko'rdik. Demak, birgalikda harakat qilsak, katta o‘zgarishlarga erishishimiz mumkin”, — dedi "ProRun" maktabi rahbari Andrey Kulikov.

Ta’kidlash joizki, Ekologiya vazirligi “Green” Eco Games kabi atrof-muhit tozaligini saqlash, aholining ekologik madaniyatini oshirishga qaratilgan ommaviy tadbirlarni doimiy faol qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.



Фойдали манбалар