Belgilanmagan joyga chiqindi tashlagan fuqaro jarimaga tortildi
25.
09. 2023
14:37
2141
Янгиликлар

Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tumanida chiqindi bilan bog‘liq navbatdagi huquqbuzarlik sodir bo‘ldi. Holat Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o'rnatilgan kuzatuv kameralariga muhrlandi.

O‘rganish natijasida fuqaro M. A. davlat raqami “90 D 262 JA” bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashinada belgilanmagan joyga chiqindi tashlagani ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MTjKning 91prim 1-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. M. A. BHMning 5 barobari — 1 million 650 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Фойдали манбалар