Rasmiy munosabat! Olmazor tumanida daraxtlarga qasddan shikast yetkazildi. Hujjatlar prokuraturaga yuborilgan
06.
09. 2023
16:37
2355
Янгиликлар

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri, Olmazor tumani "Chilg‘uton" MFYda daraxtlar qasddan quritilayotganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi Olmazor tumani bo‘limi davlat inspektorlari tomonidan murojaat o‘rganildi.

O‘rganish natijasida "AIRPORT HOUSE BUILDERS" MCHJga tegishli bo‘lgan hududda jami 19 tup manzarali daraxtlarga qasddan quritish maqsadida zarar yetkazilganligi aniqlandi. 

Toshkent Botanika bog'i xulosasiga ko‘ra, daraxtlar qurish holatiga kelib qolgan. Natijada Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 464-sonli qarorining 4-ilovasiga asosan o‘simlik dunyosiga 1 milliard 97 million 184 ming so‘m zarar yetkazilganligi ma'lum bo‘ldi.

Tegishli hujjatlar holatga huquqiy baho berish va tegishli chora ko'rish maqsadida prokuratura organlariga yuborilgan.

Фойдали манбалар