"Toshkent-2023" II Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi ochildi
02.
09. 2023
12:07
2973
Янгиликлар

Toshkentdagi Badiiy akademiya Markaziy ko'rgazmalar zalida "Toshkent-2023" II Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi bo'lib o'tdi.

Tadbir Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi tomonidan tashkil etildi.

Simpoziumni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov kirish so‘zi bilan ochib, barchani O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi bilan samimiy tabrikladi. 

Vazir, shuningdek, simpoziumning ahamiyatiga to'xtaldi.

"Mazkur simpozium haykaltaroshlik san’ati orqali ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish mavzusini xalqimiz ongiga chuqurroq singdirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, Toshkent shahrining madaniy muhiti va badiiy-landshaft qiyofasini rivojlantirish uchun marmardan haykaltaroshlik asarlari yaratish,
xorijlik haykaltaroshlar bilan samarali ijodiy hamkorlik, tajriba almashish uchun qulay shart-sharoitni yuzaga keltirish maqsad qilingan", dedi Aziz Abduhakimov.



Ta'kidlash joizki, bu galgi simpoziumda Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya, Argentina, Hindiston, Turkiya, Eron, Rossiya, Gruziya va Belarussiya kabi davlatlardan 10 nafar xorijiy va 11 nafar o‘zbekistonlik haykaltaroshlar qatnashmoqda.

Simpozium davomida tajribali haykaltaroshlar tomonidan urbanizatsiya, ”yashil” rivojlanish, iqlim o‘zgarishi, Orol fojiasi oqibatlari haqida monumental va dekorativ asarlar yaratiladi. Qolaversa, xorijlik va mahalliy professional haykaltaroshlar ishtirokida mahalliy yoshlar uchun “master-klass”lar tashkil etiladi, ekoturistik obyektlar, istirohat bog‘lari, “yashil park”larda ekologik targ‘ibot monumentlari o'rnatiladi. Simpozium bir oy davom etadi.

Ma'lumot uchun, ushbu tadbir ilk bor 2022-yilda Samarqand shahrida o‘tkazilgan.



Фойдали манбалар