Muhofaza maydonidan tuproq qazigan huquqbuzar jarima to’laydigan bo’ldi 
25.
08. 2023
12:07
1950
Янгиликлар

Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi Shofirkon tuman bo’limi inspektorlari tomonidan navbatdagi reyd tadbiri o’tkazildi.

Tadbir davomida Shofirkon tumanida yashovchi fuqaro Sh.P. tumanning "G’alaba" massividan oqib o’tuvchi kollektorning muhofaza zonasidan hech qanday ruxsatnomasiz tuproq olganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 82-moddasi 2-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Sh. P. 3 million 300 ming so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

Ma'lumot uchun, avvalroq Sirdaryoda muhofaza maydonidan hech qanday ruxsatnomasiz tuproq olganlarga jarima solingandi.

Фойдали манбалар