“Obodonlashtirish oyligi”: Surxondaryoda 11 812 tonna chiqindi poligonlarga joylashtirildi
23.
08. 2023
15:01
2265
Янгиликлар

Ayni damda O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi arafasida butun Respublika bo‘yicha “Obodonlashtirish oyligi” o‘tkazilmoqda.

Oylik doirasida Surxondaryo viloyatida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, hududlardan chiqindilarni olib chiqib ketish uchun jami 2 ming 448 ta maxsus texnika vositalari jalb etildi. Oylik boshlangandan shu kunga qadar jami 11 ming 812 tonna maishiy chiqindi olib chiqilib, maxsus poligonlarga joylashtirildi. 



Shuningdek, viloyat miqyosida 30 ta chiqindi yig‘ish shaxobchasi taʼmirlandi. Bundan tashqari, 261 gektar yer maydoni, 63 ta mahalla binosi, 173 ta ko‘p qavatli uy-joy, 27 ming kvadrat metr uy-joylar atrofi, 67 ta chiqindixona, 82 km ariq va lotoklar tozalandi. 

Bundan tashqari, 13,5 km irrigatsiya va melioratsiya obyektlari, 22,9 km suv obyektlarining qirg‘oqlari, 151,3 km avtomobil yo‘l bo‘ylari, 469 ta guzar, 260 ta qabriston, 49 ta ziyoratgoh,149 ta ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilot va korxonalari, 102 ta tadbirkorlik subyektlari obodonlashtirildi.

Qolaversa, 75 ta sharoiti og‘ir mahallalarning 726,2 km tuproq yo‘llariga hashar yo‘li bilan qum-shag‘al qoplamalari yotqizildi, 137 km ichimlik suv tarmog‘i tortilib, 19 ta suv chiqarish inshooti taʼmirlandi. Shu bilan birga, 174 km elektr tarmoqlari tartibga keltirildi. 

Ma’lumot uchun, “Obodonlashtirish oyligi” 30-avgustgacha davom etadi.

Фойдали манбалар