Toshkentda yana belgilanmagan joyga chiqindi tashlandi. Jarima — 1 million 650 ming so'm
17.
08. 2023
12:27
2439
Янгиликлар

Toshkent viloyati, Yangiyo'l shahri, "Navro‘z" MFY hududida chiqindi tashlash bilan bog'liq navbatdagi huquqbuzarlik sodir etildi. Holat Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o'rnatilgan kuzatuv kameralariga muhrlandi. 

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan ushbu huquqbuzarlik o'rganilib, 1964-yilda tugʼilgan, Yangiyoʼl shahri, "Fayzobod" MFYda yashovchi fuqaro M.А. davlat raqami "10 T 695 CB" bo'lgan "Cobalt" rusumli avtotransport vositasida belgilanmagan hududga chiqindi tashlangani aniqlandi.  

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91Prim 1-moddasi, 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzar 1 million 650 ming so'm miqdorida jarimaga tortildi.

Фойдали манбалар