Yana bir viloyatda chiqindilarni olib ketishning yangi usuli sinovdan o‘tkazilmoqda
15.
08. 2023
11:57
2483
Янгиликлар

Xorazmda aholidan chiqindi yig‘ib olishning yangi usuli qo‘llanilmoqda. Ya’ni endi maxsus texnika vositasi signal chalib emas, musiqa ohangi ostida xabar berib, aholidan chiqindilarni yig’ib ketadi.

Ma’lumot uchun, avvalroq aholi chiqindi yig’ish mashinalarining ertalabdan baland signal chalib kelishidan norozilik bildirgandi. Buni inobatga olgan holda Ekologiya vazirligi tashabbusi bilan chiqindilarni signal usulida emas, yengil musiqa sadolari ostida olib chiqish yo‘lga qo‘yildi.

Bu usul Toshkent, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida ham sinovdan o‘tkazilmoqda. Agar sinov muvaffaqiyatli o‘tsa, respublikaning barcha hududlarida joriy qilinadi.

Фойдали манбалар