Ohangaronda inspektorga tan jarohati yetkazildi
11.
08. 2023
20:40
2887
Янгиликлар

Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Ohangaron tumani inspektori A. Mirzaahmedovga xizmat vaqtida tan jarohati yetkazildi. Voqea 10-avgust kuni yuz bergan.

Ma'lum bo'lishicha, inspektor somondan bo‘shagan yer maydonlari yoqib yuborilganligi holatini o‘rganish maqsadida Ohangaron tumanidagi “Oybuloq” va “Ubay” MFY hududida joylashgan “Taraqqiyot  Baxtiyor” fermer xoʻjaligiga borgan. O'rganish davomida esa bir guruh shaxslar unga qarshilik ko‘rsatib, kuch ishlatgan va tan jarohati yetkazgan.

Inspektor tibbiy ko'rikdan o'tkazildi. Inspektorga tibbiy yordam ko‘rsatildi. Hozirda uning ahvoli yaxshi deb baholanmoqda. 

Ish yuzasidan to'plangan hujjatlar aybdorlarni aniqlash va chora ko'rish maqsadida prokuratura organlariga yuborildi.

Фойдали манбалар