Qoraqalpog'istonda huquqbuzar qizilmiya o'simligi ildizlarini qazib olayotgan vaqtida to'xtatildi
11.
08. 2023
16:21
1492
Янгиликлар

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligining Qonliko‘l tuman bo‘limi tomonidan navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazildi. 

Reyd davomida "Bes ko‘pir" OFY hududidagi fermer xo‘jaligi yerida Beruniy tumanida yashovchi fuqaro D.G. noqonuniy ravishda davlat zaxira yeridan 715 kg qizilmiya oʻsimligi ildizlarini qazib olayotgan vaqtida toʻxtatildi.

Huquqbuzar tomonidan tabiatga 2 million 359 ming 500 so'm zarar yetkazilganligi aniqlandi. Shuningdek, D. G. BHMning 3 barobari — 990 000 so'm miqdorida jarimaga tortildi. Fuqaro qilmishi uchun jami 3 million 349 ming 500 so'm to'laydigan bo'ldi. 

Unutmang! O'simlik dunyosiga yetkazilgan har qanday zararga qat'iy chora ko'riladi.

Фойдали манбалар