Rasmiy munosabat! 
09.
08. 2023
17:59
1857
Янгиликлар

Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazmda aholi xonadonida burgut saqlanayotganligi haqida xabar tarqaldi. Viloyat ekologiya boshqarmasi tomonidan xabar o‘rganildi.

 O‘rganish jarayonida 2023-yil mart oyida Urganch shahrida yashovchi fuqarolardan birining uyiga yarador burgut kelib qolgani aniqlandi. Xonadon egasi qushga tibbiy yordam ko‘rsatgan.

Burgut veterinar ko‘rigidan o‘tkazildi. Ahvoli yaxshi ekanligi ma'lum bo'lgach, tabiat bag‘riga qo‘yib yuborildi.

Фойдали манбалар