Toshkent, Qashqadaryo va Buxoroda chiqindilarni olib ketishning yangi usuli sinovdan o'tkazilmoqda 
07.
08. 2023
18:23
3218
Янгиликлар

Chiqindi tashuvchi mashinalarning har ertalab aholi xonadonlaridan chiqindi olib ketish uchun baland signal chalib kelishi aholining e'tirozlariga sabab bo'layotgan edi. 

Buni inobatga olgan holda Ekologiya vazirligi tashabbusi bilan chiqindilarni signal usulida emas, yengil musiqa sadolari ostida olib chiqish yo‘lga qo‘yildi.

Hozirda Toshkent, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida bu usul tajribadan o'tkazilmoqda. Har bir hududga bittadan maxsus mashina ajratilib, aholiga chiqindi tashuvchi mashina kelgani haqida baland signal emas, musiqa orqali xabar berilmoqda. 

Agar yangi usul sinovdan muvaffaqiyatli o'tsa, keyinchalik butun respublika bo'yicha joriy qilinadi.

Фойдали манбалар