Chiqindini belgilanmagan joyga tashlash bilan bog'liq yana bir huquqbuzarlik qayd etildi
07.
08. 2023
10:43
1851
Янгиликлар

Ekologiya vazirligi tomonidan "Yangiyoʼl" shahar "Navroʼz" MFY hududiga oʼrnatilgan kuzatuv kamerasiga yana bir huquqbuzarlik holati muhrlandi.

O'rganish natijasida Yangiyoʼl tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro А.U. davlat raqami "10 F 539 VA" bo'lgan "Damas" rusumli avtotransport vositasida belgilanmagan joyga chiqindi tashlagani ma'lum bo'ldi. 

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 91¹-moddasi, 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va 990 000 soʼm miqdorida jarima belgilandi.

Unutmang! Atrof-muhit muhofazasi uchun barchamiz birdek mas'ulmiz.

Фойдали манбалар