Daraxtlarga yorituvchi chiroqlarni ilgan huquqbuzar jarimaga tortildi
03.
08. 2023
10:40
1816
Янгиликлар

Jizzax viloyati, G'allaorol tumanida daraxtlarga yorituvchi chiroqlarni osgan huquqbuzar jazolandi. 

Tuman ekologiya boshqarmasi xodimlari tomonidan "Do‘stlik" MFY hududida fuqaro A.O. gul do‘koni oldini yoritish maqsadida 2 tup terak daraxtiga har xil turdagi yorituvchi chiroqlarni ilib, daraxtga shikast yetkazgani aniqlandi. 

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan MJtKning 79-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. A.O.ga qilmishi uchun BHMning 5 barobari, ya’ni 1 650 000 so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi "Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-171-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida respublika bo'yicha "Daraxtga nafas bering" tadbirlari o‘tkazilmoqda. Tadbir doirasida daraxtlar beton qoplamalar, elektr simlar, reklama bannerlari, yoritkichlar va turli salbiy ta’sirlardan xalos etilmoqda.

Фойдали манбалар