Daraxtlarni beton, yoritkich va reklama bannerlaridan tozalash davom etmoqda
01.
08. 2023
12:33
1894
Янгиликлар

Ayni damda respublika miqyosida “Daraxtga nafas bering” ommaviy tadbirlari davom etmoqda.  Maqsad daraxtlarning yashovchanligi ta’minlash, ularni asrab qolishdir.

Tadbir doirasida daraxtlarning tag qismi betondan tozalanmoqda. Shuningdek, daraxtlardan turli yoritkich va reklama bannerlari ham olib tashlanmoqda.

Xususan, Toshkent shahrida 2000 ga yaqin daraxt betondan, 1000 ga yaqini esa yoritkich va reklama bannerlaridan tozalandi.  Samarqandda 600 ga yaqin daraxt betondan, yana 600 ga yaqini yoritkichlar va reklama bannerlaridan xalos qilindi. 

Shu paytga qadar respublika bo'yicha 7000 dan ortiq daraxtlar qutqarildi.

Фойдали манбалар