Muhofaza maydonidan tuqroq qaziganlar 3 300 000 so'mdan jarima to'laydigan bo'ldi
01.
08. 2023
12:04
2426
Янгиликлар

Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi Oqoltin tumani inspeksiyasi inspektorlari tomonidan  navbatdagi reyd tadbiri oʻtkazildi. 

Tadbir davomida tumanning “Usmon Nosir” SIU (suv iste'molchilari uyushmasi) hududida fuqarolar  R.B. va Q.O.lar tomonidan zovur muhofaza maydonidan hech qanday ruxsatnomasiz tuproq  olinganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarlarga MJtKning 82-moddasi 2-qismi bilan 3 300 000 soʻmdan jarima qoʻllanildi.

Фойдали манбалар