28.
07. 2023
15:03
2491
Янгиликлар
Qashqadaryo viloyati Ekologiya, boshqarmasi Mirishkor tuman bo'limi xodimlari tomonidan navbatdagi ekologik nazorat reyd tadbiri bo'lib o'tdi.
Reyd davomida tumanning "Shodlik" MFY hududida yashovchi 2 nafar fuqaro - G.Q. va K.G.lar tomonidan belgilanmagan joyga maishiy chiqindilarni tashlaganlik holati aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 91-prim 1-moddasi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 330 ming so'mdan jarima qo'llanildi.
Unutmang! Atrof-muhit tozaligi uchun har birimiz mas'ulmiz.