Qoraqalpog'istonda 2592 kg qizilmiya oʻsimligiga shikast yetkazildi. Zarar miqdori - 8 million 553 ming  600 so'm
27.
07. 2023
12:15
2354
Янгиликлар

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o’zgarishi vazirligining Qonliko‘l tuman bo‘limi tomonidan navbatdagi reyd tabdiri oʻtkazildi. 

Oʻrganish natijasida "Altinko‘l" OFY hududidagi fermer xo‘jaligi yerida To‘rtko‘l tumanida yashovchi fuqaro R.F. tomonidan noqonuniy ravishda davlat zaxira yeridan hech qanday ruxsatsiz (shartnomasiz) 2592 kg qizilmiya oʻsimligi ildizlari qazib olinayotganligi aniqlandi. 

Shuningdek, o'simlik dunyosiga 8 million 553 ming 600 so'm zarar yetkazilgani ma'lum bo'ldi.

Holat yuzasidan tegishli hujjatlar sudga yuborish uchun tayyorlanmoqda.

Фойдали манбалар