24.
07. 2023
16:08
2900
Янгиликлар
Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan Yuqori Chirchiq tumanida tezkor reyd tadbirlari oʻtkazildi.
Tadbir davomida tumanning Guliston MFY hududida joylashgan tadbirkorlik obyekti hududida 1 dona Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan tasqara qushi noqonuniy saqlab kelinayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Korxona rahbari tasqarani o‘z ixtiyori bilan topshirdi. Qush holatiga oydinlik kiritish va vaqtinchalik saqlab turish uchun Toshkent hayvonot bog'iga olib ketildi.